Taniqli yozuvchi Emin Usmon (1945-2001) Xitoyning Shinjon-Uyg'ur muxtor o'lkasidagi G'ulja shahrida dunyoga kelgan. 1948 yili ota-onasi bilan O'zbekistonga ko'chib kelishgan. Emin Usmon nashriyotlarda ishlagan, Toshkent shahridagi uyg'ur madaniyat markazi...
More
Taniqli yozuvchi Emin Usmon (1945-2001) Xitoyning Shinjon-Uyg'ur muxtor o'lkasidagi G'ulja shahrida dunyoga kelgan. 1948 yili ota-onasi bilan O'zbekistonga ko'chib kelishgan. Emin Usmon nashriyotlarda ishlagan, Toshkent shahridagi uyg'ur madaniyat markazi rahbari bo'lgan.
Adibning "Mehrigiyo" (roman, 1976), "Nihollar" (qissa va hikoyalar, 1976), "Yolqin" (qissa, 1979), "Tilla chanoq" (qissa, 1980), "Ko'ngil ko'zi" (qissa, 1985), "Tomir" (qissa, 1985) kabi 20 dan ortiq kitoblari chop etilgan. Emin Usmon tarjimon sifatida ham jahon adabiyotidan birqancha asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Less