Muhammad Rahmon 1949 yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Palandara qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (2003). ToshDUning jurnalistika fakul`tetida taxsil olgan (1967— 72). «Muvozanat» (1976), «Yashil daryo»...
More
Muhammad Rahmon 1949 yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Palandara qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (2003). ToshDUning jurnalistika fakul`tetida taxsil olgan (1967— 72). «Muvozanat» (1976), «Yashil daryo» (1979), «Yuragimning dastxati» (1986), «Ijobat» (1984), «Asraganim, avaylaganim» (1987) kabi she'riy to'plamlari nashr etilgan. Bolalar uchun ham asarlar yozgan («Momoqaymoq», 1978; «Yerga tushgan kamalak», 1981; «Qanotli tushlar», 1989). K. Chukovskiy, A.Barto she'rlarini, Lizoletta Vel`skof-Genrixning «Tokey Ito» romanini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Muhammad Rahmon 2010 yili vafot etdi.
Less