Nabi Jaloliddin. Umar Xayyom (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi 1
Nabi Jaloliddin
UMAR XAYYOM
(O R A L I Q)
(Ro‘mon)
Bir qo‘lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom.
Firuza gumbazli osmon tagida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom1
.
Umar...
More
Nabi Jaloliddin. Umar Xayyom (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi 1
Nabi Jaloliddin
UMAR XAYYOM
(O R A L I Q)
(Ro‘mon)
Bir qo‘lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom.
Firuza gumbazli osmon tagida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom1
.
Umar XAYYOM
I B T I D O
Bismillahir rohmanir rohiym.
Jumla olamni, bu hadsiz koinotni o‘z qudrati va mehri ila bino etib, unda insonni mukarram qilgan
Rahimu Rahmonga, bandasiga Aql atalmish mo‘‘jizani berib, fikrlatib qo‘ygan, qalb otlig‘ sirli hilqatni
ato qilib, uni Ishq va Haqiqat nasiymlari ila muattar etgan karamli Zotga beadad hamdu sanolar
bo‘lsin.
Ummatiga shafoatlar tilagan, zaminga boqiy saodatning ilk mujdalarini yetkazgan sarvari olam,
Sayyidul Koinot Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar bo‘lsin. Va ul
Zotning ahli bayti va sahobalariga ham salotu salomlar bo‘lsin.
Ammo ba’d, bu miskin bir tarixi muborakni bayon etmoqni niyat qildiki, Olloh rozi va madadkor
bo‘lg‘ay.
* * *
U yo‘l izlaguvchi edi. Kunu
Less