Ogahiy (taxallusi; to'liq ism-sharifi Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'i — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Ogahiy xalq orasida ko'proq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida
tuzgan lirik...
More

tuzgan lirik kulliyoti — «Ta'viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha to'la yetib kelgan. Devon an'anaviy tartibda tuzilgan, 470 g'azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10
tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va ma'shuq savol-javobi, 20 ta'rix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ash'ori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra
she'ri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.
Ogahiy «Riyoz ud-davla» («Saltanat bog'lari», 1844), «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar qaymog'i», 1845—46), «Jome' ul-voqeoti sultoniy» («Sultonlik voqealarini jamlovchi», 1857), «Guls
Less