Taniqli shoir Sayyor (Sayyorpo'lat Fayzullaev) 1932 yilda Toshkentda tug'ilgan. Ham shoir, ham nosir sifatida qalam tebratgan. Uning birinchi she'ri 1953 yilda,«Qalb harorati» nomli birinchi kitobi 1960 yilda chop etilgan. Shundan keyin uning o'zbek, rus va...
More
Taniqli shoir Sayyor (Sayyorpo'lat Fayzullaev) 1932 yilda Toshkentda tug'ilgan. Ham shoir, ham nosir sifatida qalam tebratgan. Uning birinchi she'ri 1953 yilda,«Qalb harorati» nomli birinchi kitobi 1960 yilda chop etilgan. Shundan keyin uning o'zbek, rus va boshqa tillarda o'ttizga yaqin she'riy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Jumladan: «Boshsiz haykal» (1961), «Fidoyingman» (1962), «Qachon katta bo'laman» (1965), «Bir kecha xayoli» (1965), «O'ttiz yoshim» (1968), «Hulkar» (1969), «Parvona» (1970), «Dengizdan tomchilar» (1972), «Yillab kuyganim» (1973), «Musaffo fasl» (1978), «Bolg'a zarbi» (1982), «Odam borki…» (1981), «Ancha katta bolaman» (1982), «Chorraha» (1985), «Umr qo'shig'i» (1986), «Halollik va faollik» (1989), «Uyqudagi tosh» (1989) kabi she'rlar, qissalar va bolalar uchun yozilgan asarlarini sanab o'tish mumkin.
Shoirning o'zbek dostonchilik maktabida e'tiborli o'rin egallagan «Boshsiz haykal» (1961) dostoni 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo'lgan edi.
Shoir she'r
Less