Mirkarim Osim 1907 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi (1944), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1977). Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tutatgan (1926—30).«Yangi ariq» ilk qissasi...
More
Mirkarim Osim 1907 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi (1944), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1977). Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tutatgan (1926—30).«Yangi ariq» ilk qissasi (1925) Qo'qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. Dastlabki yirik asari — «Astrobod» tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag'ishlangan. Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937—40). «To'maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy», «O'tror» kabi qissalar muallifi. Uning «Zulmat ichra nur», «Ajdodlar qissasi», «Jayhun ustida bulutlar», «Aljabrning tug'ilishi», «Ibn Sino qissasi», «Singan setor» singari asarlari o'zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir.M. Sholoxovning «Tinch oqar Don» (2-kitob), S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» romanlari va L. G. Batning «Hayot bo'stoni» qissasi na boshqa asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.Mirkarim Osim
Less