KAMYU (Camns) Alber (1913.7.11, Mondovo, Jazoir — 1960.4.1, Vilbleven, Fransiya) — fransuz yozuvchisi. Ekzistensializm oqimining yirik namoyandasi. 2-jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi. Ijodiy faoliyati 1937 y.dan boshlangan. "Begona"...
More
KAMYU (Camns) Alber (1913.7.11, Mondovo, Jazoir — 1960.4.1, Vilbleven, Fransiya) — fransuz yozuvchisi. Ekzistensializm oqimining yirik namoyandasi. 2-jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi. Ijodiy faoliyati 1937 y.dan boshlangan. "Begona" (1942) qissasi, "Sizif haqida asotir" (1942) falsafiy ocherki, "Anglashilmovchilik" (1944) va "Kaligula" (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. "Vabo" (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham birbiriga yaqinlashtirgan. K. "Isyonkor odam" (1951) falsafiy ocherki, "Tubanlashuv" (1956) qissasi, "Saltanat va surgun" (1957), "Shved nutqi" (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). "Begona" qissasi va "Vabo" romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995
Less